Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

AQSh 2021 yilda Rossiyaning Ukraina betarafligini e’lon qilish taklifidan bosh tortgan va uning hududida o‘rta hamda qisqa masofali raketalarini joylashtirish niyatini bildirgan, deydi Sergey Lavrov.

Rossiya Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, bunday bayonotlarni AQSh Davlat departamentining o‘sha paytdagi rahbari Entoni Blinken Ukrainadagi keng ko‘lamli urush arafasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda bergan.

"Bizning fikrlarimizni deyarli e’tiborsiz qoldirishdi va biz hozirda maxsus harbiy operasiya doirasida hal qilayotgan vazifalar nomaqbul deb topildi. Ukrainaning NATO'ga kirmasligi bo‘yicha hech qanday kafolatlar bo‘lmadi. Hatto bu haqda o‘ylamang, deyishdi. O‘shanda menga davlat kotibi Blinken AQSh o‘rta va qisqa masofali raketalarni yaratayotganini aytgandi. Bu toifadagi qurollar ilgari o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish shartnomasi bilan taqiqlangan edi, ammo Vashington undan chiqdi. Blinken menga “Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz, ko‘p bo‘lmaydi. Sizlar ham Ukraina chegarasi yaqinida shunga o‘xshash majburiyatni olasiz, buni qanday ta’minlashni kelishib olamiz”, deya taklif bildirdi, – dedi Lavrov.

Kiritildi: 20:51 09.06.2025. O'qildi: 14518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!