Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kelasi haftada Ukraina, AQSh va Yevropa urushni yakunlash bo‘yicha yangi g‘oyalarni muhokama qiladi

Kelasi haftada Ukraina, AQSh va Yevropa urushni yakunlash bo‘yicha yangi g‘oyalarni muhokama qiladi

Kelasi haftada Ukraina, AQSh va Yevropa urushni yakunlash bo‘yicha yangi g‘oyalarni muhokama qiladi — Zelenskiy.

Ukraina prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Rossiya bilan muzokaralarni qayta tiklash imkoni mavjud, ammo asosiy masalalarni, shu jumladan hududiy masalalarni davlat rahbarlari darajasida hal qilish mumkin bo‘ladi;

◾️ Putin Rossiyadagi parlament saylovlari oldidan Ukrainaga zarbalarni kuchaytirmoqda. Biz ham xuddi shunday javob qaytaramiz;

◾️ Ukrainaning 67 ta kompaniyasi reaktiv dronlarni ommaviy yo‘q qilish ustida ishlamoqda, ulardan 3-5 tasi allaqachon natijani ko‘rsatgan;

◾️ Ukrainada harbiy, gumanitar ehtiyojlar va mudofaa sanoatini ta’minlash uchun mablag‘ taqchilligi mavjud;

◾️ Uitkoff va Kushnerning tashrifi muhim va samarali bo‘ldi, ular bekorga kelishmadi;

◾️ AQSh kelasi yili Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, Ukraina qo‘shimcha tizimlarni olishga umid qilmoqda.

Kiritildi: 22:52 06.09.2026. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!