Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Kelajakdagi yangi van Deyk! Rossiyalik murabbiyning Husanov borasidagi hazili haqiqatga aylanmoqda

Kelajakdagi yangi van Deyk! Rossiyalik murabbiyning Husanov borasidagi hazili haqiqatga aylanmoqda

Legionerimiz Sherzod Esanov to‘p tepayotgan "Akron" klubining bosh murabbiyi Zaur Tedeev o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida gapirdi.

- Mana bu aynan murabbiyning harakatlari natijasi. Men ustozim Anatoliy Ivanovich Yurevichni juda yaxshi bilaman. U Belyavskiy bilan birga bu yigitni "Energetik-BGU"ga olib kelib, uni butunlay yangi darajaga ko‘tardi, tayyorladi.

"Alaniya" murabbiyi bo‘lib ishlayotgan paytimda Husanovni birinchi marta videoda ko‘rganimda, darrov: "Kelajakdagi van Deyk o‘syapti", deb aytganman. Bu qisman hazil edi, albatta. Biroq, u menda chindan ham kuchli taassurot qoldirdi. U katta futbolchi bo‘lib yetishishi mumkin, deb o‘ylagandim" - dedi rossiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli himoyachi "shaharliklar" safida olti o‘yinda maydonga tushdi va bitta golga mualliflik qildi.

Kiritildi: 23:30 06.03.2025. O'qildi: 2545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!