Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

“Katta sakrash” bo‘lgan sohalar aytildi

“Katta sakrash” bo‘lgan sohalar aytildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Uch yil oldin qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur bugun natijasini berayotgani ta’kidlandi.

Qo‘shimcha 1,5 million aholi servis sohasida doimiy daromadga ega bo‘ldi. Xizmatlar 2018 yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollarga oshdi (o‘sish – 3,5 barobar).

Ayniqsa, IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviasiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” bo‘ldi.

So‘nggi yetti yilda aholi daromadi va to‘lov qobiliyati 2 karra o‘sgani natijasida aholida yangicha xizmat va servis turlariga talab ortmoqda.

Shunga yarasha vazirlar va hokimlar talabga mos ravishda xizmatlarni rivojlantirishi kerakligi qayd etildi.

Kiritildi: 10:59 07.02.2025. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!