Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Soliqdan qochish — endilikda og‘ir jinoyat

Soliqdan qochish — endilikda og‘ir jinoyat

O‘zbekistonda qabul qilingan yangi qonunga ko‘ra , soliqdan juda ko‘p miqdorda bo‘yin tovlash endilikda og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritilmoqda.

Xususan, BHMning 1000 baravaridan (hozirgi hisobda 412 mln so‘mdan ortiq) soliq to‘lashdan qochganlik uchun:
— jarima;
— 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

📅 Qonun 2026 yil 18 iyuldan kuchga kiradi.

🏢 Yangi tartibga ko‘ra:
— mahkumlar jazoni manzil-koloniyada emas, balki umumiy tartibli koloniyada o‘taydi;
— jazoni yengilroq turga almashtirish faqat uning yarmi o‘talgandan keyin mumkin (avval 1/4 qismi yetarli edi).

Kiritildi: Bugun 19:07. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!