Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Andijonda yana bir yirik miqdordagi korrupsiya bilan bog‘liq holat ro‘y berdi (video)

Andijonda yana bir yirik miqdordagi korrupsiya bilan bog‘liq holat ro‘y berdi (video)

Respublikamizdagi banklardan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mulklarni auksion va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgani holda, xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirishni maqsad qildi.

U kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan, Asaka tumanida joylashgan, umumiy bahosi 16,8 mlrd so‘mlik xususiy davolash markazining 4 qavatli binosi auksion savdo platformasida sotuvdan qaytganligidan foydalanib, uning narxini 12 mlrd so‘mga tushirgan holda, bank tashkiloti hisobiga olib, mahalliy tadbirkorga auksion savdolarisiz 7 yil muddatga foizsiz kredit hisobidan olib berish evaziga 90 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kiritildi: Bugun 07:08. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!