Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyadagi axlatxonada ro‘y bergan portlashda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyadagi axlatxonada ro‘y bergan portlashda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyaning Vladikavkaz shahrida chiqindi yuklash jarayonida yuz bergan portlash oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Izvestiya gazetasi xabar bermoqda.

Hodisa 17 aprel kuni shahar markazidagi "Internatsionalnaya" ko‘chasi va "Partizanskiy" tor ko‘chasi kesishgan hududda sodir bo‘lgan. Portlash vaqtida 46 yoshli erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Marhumning hamkasblari uning oilali bo‘lib, besh nafar farzandi borligini ma’lum qilgan.

Hozirda hududda tezkor xizmatlar va huquq-tartibot organlari ish olib bormoqda. Voqea sabablari chuqur o‘rganilmoqda. Rossiya tergov qo‘mitasi tomonidan ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash chiqindi ichida bo‘lgan xavfli yoki portlovchi buyum sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Maxsus xizmatlar chiqindi tashuvchi texnikani tekshirib, uni keyinchalik maxsus poligonga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

Shimoliy Osetiya–Alaniya rahbari Sergey Menyaylo aholini xavfli buyumlarni oddiy chiqindi konteynerlariga tashlamaslikka, ularni maxsus xizmatlar orqali topshirishga chaqirgan.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!