Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempioniga aylandi

Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempioniga aylandi

Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonning Nyu Dehli shahrida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida navbatdagi medalga ega chiqdi.

Ayollar o‘rtasida F46 toifasida tashkil etilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 20 yoshli hamyurtimiz Karomat Omonova 13.07 m natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelish barobarida Osiyo rekordini ham yangiladi.

Jahon chempionati:

  • Ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturi (F46)
  • Karomat Omonova (O‘zbekiston) — 13.07 (Osiyo rekordi)
  • Xolli Robinson (Yangi Zelandiya) — 12.86 (Okeaniya rekordi)
  • Keti Pegg (Kanada) — 12.76

Omonovaning ishtirokidan so‘ng medallarimiz soni 8 taga yetdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush hamda 1 ta bronza. Bellashuvlar davom etadi.

Kiritildi: 15:33 02.10.2025. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!