Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Karmana tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Karmana tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 6 may kuni soat 05:15 da Navoiy viloyati, Karmana tumani, «Arg‘un» MFY, "Arg‘un shoh" ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida "112" tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:50 da qurshab olingan va 06:24 da bartaraf etilgan.

Yong‘inda savdo majmuaning 200 kv.m maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yongan.

Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Kiritildi: 09:42 06.05.2025. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!