Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin va Zelenskiy o‘zaro ushrashuv o‘tkazishi mumkin — Rossiya prezidenti matbuot kotibi

Putin va Zelenskiy o‘zaro ushrashuv o‘tkazishi mumkin — Rossiya prezidenti matbuot kotibi

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bunday ushrashuv muzokara olib borayotgan delegasiyalar “ma’lum kelishuvlarga” erishgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

Peskovning boshqa bayonotlari:

◾️ Rossiya Ukrainaga o‘t ochishni to‘xtatish uchun shartlar ro‘yxatini tayyorlab topshiradi;

◾️ Istanbuldagi Rossiya-Ukraina uchrashuvi yakunlariga ko‘ra Moskva va Vashington o‘rtasida hozircha hech qanday kelishuvlar bo‘lmadi;

◾️ Agar Putin va Tramp o‘rtasida muloqot o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Kreml bu haqda ma’lum qiladi;

◾️ Istanbulda erishilgan kelishuvlarni, jumladan “1000 ga 1000” formatdagi asirlar almashinuvini amalga oshirish birinchi navbatda turibdi;

◾️ Agar Rossiya va Ukraina delegasiyalari kelishuvga erishsa, hujjatlarni Kiyev tomonidan kim imzolashi Rossiya uchun prinsipial ahamiyatga ega;

◾️ Ukraina bilan muzokaralarda Rossiya delegasiyasining tarkibi o‘zgarishi haqida hozircha hech gap yo‘q, ishlar endi boshlandi;

◾️ Ukraina bo‘yicha muzokaralarda qo‘yilgan shartlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishi bo‘yicha Rossiya izoh bermaydi, jarayon yopiq eshiklar ortida olib borilishi kerak.

Kiritildi: 21:33 17.05.2025. O'qildi: 912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!