Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin ko‘proq Ukraina hududlarini egallab olishga qodir ekanligiga ishonadi, ammo Trampni qattiq asabiylashtirishni istamaydi - CNN

Putin ko‘proq Ukraina hududlarini egallab olishga qodir ekanligiga ishonadi, ammo Trampni qattiq asabiylashtirishni istamaydi - CNN

Nashrning yozishicha, Moskva hozirda Istanbuldagi muzokaralarning eng kam natijasiga ham rozi bo‘lishi mumkin. Chunki Rossiyaning hozirgi taktikasi AQShni haddan tashqari g‘azablantirmaslik uchun tinchlik jarayoniga tayyorligini ko‘rsatishdan iborat. Shu bilan birga, tinchlik yo‘lidagi haqiqiy qadamlarni qo‘ymaslikka harakat qilmoqda, chunki bu Kreml uchun foydali emas.

Putin hamon Ukrainaning ko‘proq hududini egallab olishga va shunga mos ravishda Kiyevdan sezilarli yon berishlarni talab qilishga qodir deb o‘ylaydi. Hatto Rossiya yanada qattiqroq sanksiyalarga bardosh bera olishiga ham ishonadi. Biroq, u baribir bu masalada Trampni ortiqcha bezovta qilmaslikni ma’qul ko‘radi.

Kiritildi: 21:51 17.05.2025. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!