Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Nega Toshkentda chang ko‘tarildi?

Nega Toshkentda chang ko‘tarildi?

Toshkent shahrida 17 may kuni tushdan keyin chang bo‘roni kuzatildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxtiyor Po‘latov shahar aholisini bezovta qilgan bu tabiiy hodisa bo‘yicha mutaxassis fikri asosida tushuntirish berdi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Batir Xalmuratovning fikriga ko‘ra, Toshkentda chang bo‘ronining yuzaga kelishiga bir nechta omillar sabab bo‘lgan. Eng asosiy sabab — salqin shimoliy havo oqimi va janubdan kirib kelayotgan issiq havo massasining to‘qnashuvi, bosimning noodatiy ortishi va keskin shamol kuchayishidir. Bu havo massalari o‘rtasidagi keskin harorat farqi kuchli shamolni keltirib chiqargan.

Kuchli shamol o‘z navbatida qurigan tuproqdan va ochiq yer maydonlaridan chang zarrachalarini ko‘tarib, havo muhitiga tarqatdi. Natijada shaharning turli nuqtalarida ko‘rish masofasi qisqarib, nafas olish qiyinlashgan. Ob-havo sharoitini o‘rganuvchi ekspertlar bu holatni “frontal to‘qnashuv” deb ataydi. Ya’ni sovuq va issiq havo massalari bir joyda to‘qnashganida atmosfera beqarorlashib, kuchli shamol va chang ko‘tarilishi ehtimoli keskin ortadi. Aynan shu jarayon Toshkentda bulutli osmon, chaqmoq va qisqa muddatli yog‘ingarchilik bilan birga kechdi.

Toshkentda chang bo‘roni paytida Nukus shahrida havo nisbatan barqaror edi. U yerda faqat salqinlik va yengil shamol kuzatilgan. Mutaxassislarning qayd etishicha, Nukusda chang bo‘roni kuzatilmaganiga sabab shamol tezligining yetarlicha kuchli emasligi, tuproqning namligi yoki changga boy bo‘lmagan hududlar ustidan shamol harakatlangani bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 10:39 18.05.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!