Kilian Mbappe "Alaves"ga qarshi o‘yinda (1:0) raqibning oyog‘iga butsasining tag qismi bilan zarba bergani uchun diskvalifikasiya qilinadi.
AS nashri xabariga ko‘ra, Karlo Anchelottida diskvalifikasiya qilingan Mbappeni La Ligada almashtirish uchun bir nechta variant bor:
Birinchisi - Endrik. Braziliyalik futbolchi fransuzning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnini bosadigan yagona futbolchi
Ikkinchisi, o‘tgan mavsumda bo‘lganidek, Bellingemni oldinga qo‘yish va asosiy tarkibga yana bir yarim himoyachini qo‘shish.
Uchinchisi - Braim. Bunday holatda Vinisius yoki Rodrigo yolg‘on to‘qqizlik pozisiyasida o‘ynaydi.