Yaqindagina Dorival Junior Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Endi Braziliya futbol konfederasiyasida terma jamoaga yangi ustoz qidirilmoqda. Nomzodlardan biri Karlo Anchelotti.
Relevo xabariga ko‘ra, Anchelotti Braziliya terma jamoasi murabbiyi bo‘lishdan baxtiyor bo‘lardi. Bu yozda bunday ssenariy faqat bir shart bilan - italiyalik "Real"ni tark etishi sharti bilan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Anchelotti "Real"ni o‘z xohishi bilan tark etmasligini aytgandi. Ya’ni, uning joriy mavsum yakunida klubni tark etishi faqat klub rahbariyati tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Yana bir variant - Anchelotti va "Real" nima yaxshiroq bo‘lishi haqida birgalikda qaror qabul qilishi mumkin, deb yozadi manba.
Iyun oyida Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralashida Ekvador va Paragvayga qarshi bahs olib boradi.