Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi vaqtida murabbiy va hakamlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi vaqtida murabbiy va hakamlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, 16 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan musobaqa vaqtida murabbiylar va hakamlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. Bir necha daqiqa davom etgan janjalni ichki ishlar xodimlari tinchitgan.

Ushbu mushtlashuv tasvirlangan video xabar.uz saytida e’lon qilindi. Videoni olayotgan mobil reportyorning gapidan janjallashayotganlarning yuzlari qon bo‘lganini payqash mumkin. Kun.uz muxbiri voqea borasida ma’lumot olish uchun O‘zbekiston karate federasiyasi bilan bog‘landi. Federasiya xodimi voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani sabab ma’lumot bera olmasligini, barcha aybdorlar aniqlangach, OAVga xabar qilinishini aytdi.

Ma’lumot uchun, 17 oktyabr kuni karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi. Endilikda o‘zbekistonlik karatechilar 2020 yil Tokioda o‘tkaziladigan olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun eronlik Shahob Sultoni murabbiyligi ostida shug‘ullanadi.

Kiritildi: 06:19 18.10.2019. O'qildi: 3854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!