Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Kannavaroning maoshi haqidagi xabarlar shishirilgan»

«Kannavaroning maoshi haqidagi xabarlar shishirilgan»

Jurnalist va sharhlovchi Orif Tolipov o‘z telegram-kanalida O‘zbekiston milliy jamoasiga murabbiy bo‘lishi kutilayotgan Fabio Kannavaroning maoshi haqida ma’lumot berdi.

«Insaydchilik bilan shug‘ullanmayman, lekin eshitib qoldim, aytmasam bo‘lmas: Kannavaroning maoshi haqidagi shu vaqtgacha chiqqan xabarlarlarda raqam ancha shishirilgan va real muzokaralardagi raqamlar bilan katta tafovutda ekan. Xullas, bu uncha ko‘p narsani o‘zgartirmasa ham, Fabio va shtabining maoshi 4 milliondan ancha kam bo‘lar ekan.

O‘sha gap, yaxshirog‘ini kutgan bo‘lsakda, nima ham qilamiz, qaror qabul qilingan bo‘lsa, gap milliy jamoa haqida-ku. Omad tilab muxlislik qilamiz», - deb yozdi Tolipov.

Avvalroq, 52 yoshli italiyalik Kannavaro yurtimizda yiliga 4 million yevro ishlab olishi haqida ma’lumot berilgan edi.

Kiritildi: 23:13 05.10.2025. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!