Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kannavaro O‘zbekiston Milliy jamoasida yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazadi

Kannavaro O‘zbekiston Milliy jamoasida yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazadi

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro navbatdagi yig‘inlarda tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Portugaliyaning "Braga" klubida faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov milliy terma jamoadan chaqiruv oldi. Har ikki futbolchi FIFA kunlari doirasidagi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlarda o‘z imkoniyatini namoyish etishi mumkin.

Shu tariqa, Kannavaro oldindagi yig‘inlarda yangi nomlarni sinovdan o‘tkazib, terma jamoaning tarkib imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qiladi.

"Oq bo‘rilar" 24-sentyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 6-oktyabrda esa O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 22:05 08.09.2026. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!