Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, norozilik aksiyasi ishtirokchilari Kvebek provinsiyasida “neoliberal siyosat ta’sirida ta’lim tizimining yomonlashuvi”ga qarshi chiqmoqda.
Shuningdek, yoshlar oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, haq to‘lanadigan amaliyotlarni joriy etish va ta’lim sohasini moliyalashtirishni ko‘paytirishni talab qilmoqda.
Dastlab tinch o‘tgan namoyish polisiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va qalampir ballonchalaridan foydalangan, ishtirokchilarning bir qismi esa ularga tosh va boshqa narsalarni uloqtirgan. Kanadaning The Canadian Press axborot agentligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, polisiya uch kishini hibsga olgan.
Ommaviy namoyish Monreal markazidagi Viktoriya maydonida boshlandi. Tadbir Kvebek provinsiyasidagi talabalar harakatini birlashtirgan Qarshilik ko‘rsatish va talabalar kasaba uyushmasi koalisiyasi (CRUES) tomonidan tashkil etildi.
Le Journal de Montréal ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyada kamida 5000 kishi ishtirok etgan.