Kanadaning Condor Energies kompaniyasi Qozog‘istonda nodir metallarni qazib olish uchun lisenziya oldi. Bu kanadaliklar ushbu mamlakatda olgan ikkinchi shunday imtiyozdir.
Condor Energies Qozog‘iston hukumatidan 6,8 gektar maydonga ega Ko‘lquduq konini o‘zlashtirish uchun lisenziya oldi. Ilgari Ko‘lquduqda neft qidirilardi, endi litiy qazib olish ishlari boshlanadi. Chunki Ko‘lquduqda yirik litiy konlari topilgan.