Kanada AQShning bir qismiga aylanmaydi va savdo urushida uni mag‘lub etadi, deb ta’kidladi Kanada bosh vaziri lavozimiga nomzod Mark Karni.
"Savdo urushi jahon iqtisodiyotini xarob qildi, u [AQSh prezidenti Donald Tramp] Amerikaning qo‘shnisi, eng yaqin do‘sti va eng sodiq ittifoqchisi bo‘lgan Kanadaga xiyonat qildi," - dedi siyosatchi.
Karni mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rni kuchayishiga va Amerika "global ishlardan chetlashayotgan" bir paytda, Kanada "dunyo yetakchisi"ga aylanishiga ishonch bildirdi.
Bu bayonotlar AQSH-Kanada munosabatlaridagi zo‘riqish va oldinda turgan saylovlar fonida yangradi. Ushbu saylovlarda Karni o‘zini Kanada milliy manfaatlari va iqtisodiy mustaqilligining himoyachisi sifatida namoyon etmoqda.