20 iyul kuni Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida Tinch okeani akvatoriyasida bir necha kuchli zilzilalar ro‘y berdi. Eng kuchlisi — 7,6 ball magnitudali zilzila bo‘lib, Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan 115 km sharqda sodir bo‘ldi. U 17 km chuqurlikda qayd etilgan.
Boshqa bir zilzila ham shu mintaqaga yaqin hududda sodir bo‘lgan — uning magnitudasi 7 ballni tashkil etdi.
Zilzilalar ta’siri Kamchatkaning bir nechta tuman va shaharlarida, jumladan, Petropavlovsk-Kamchatskiy, Vilyuchinsk va Yelizovskiyda 5–7 ball darajasida sezildi.
Seysmologlar sunami xavfini istisno qilmayapti. Hisob-kitoblarga ko‘ra:
Aleutsk okrugiga 60 sm gacha to‘lqin,
Ust-Kamchatskka 40 sm,
Petropavlovsk-Kamchatskiyga esa 15 sm gacha to‘lqin yetib kelishi mumkin.
MCHS aholiga sohildan olisroq, baland joylarga chiqishni tavsiya qildi. Sohilga yaqinda turgan kemalarga esa okean tomonga yo‘l olish topshirildi.
Kamchatka gubernatori Vladimir Solodovga ko‘ra, sunami xavfini aniqlash tizimi o‘z vaqtida ishga tushirilgan va hozircha katta vayronagarchilik yoki jabrlanganlar qayd etilmagan.