Bugun 14 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat kompensasiyasi joriy etiladi

Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat kompensasiyasi joriy etiladi

2025 yil 1 maydan 2027 yil 1 aprelga qadar "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan, shuningdek, Reestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:

▫️elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha – oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;

▫️tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensasiya qilib beriladi.

Kiritildi: 14:39 06.04.2025. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!