Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston chorak finalda BAAni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston chorak finalda BAAni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogining chorak finalida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahsni o‘tkazdi. Unda Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoa BAA termasiga deyarli imkoniyat qoldirmadi — 3:1.

Jamoamiz birinchi bo‘limning o‘zida raqib darvozasiga 3 ta to‘p yo‘lladi. Asilbek Aliyev o‘z hisobiga 2 ta gol yozgan bo‘lsa, Sayfiddin Sodiqov penaltidan bitta gol muallifi bo‘ldi. Raqib ikkinchi bo‘limda faollikni biroz oshirdi va 67-daqiqada Muhammad Butiy bitta to‘pni darvozamizga kiritdi.

Asilbek Aliyev bugun "dubl"ga erishgach, musobaqadagi gollari sonini 5 taga yetkazib, yaqqol to‘purar bo‘lib oldi.

U-17 terma jamoamiz yarim final bahsini 17 aprel, payshanba kuni Indoneziya-KXDR juftligi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi (22:15 da).

U-17 Osiyo kubogi, chorak final
O‘ZBEKISTON - BAA - 3:1 (3:0)
Gollar: Asilbek Aliyev (14, 36), Sayfiddin Sodiqov (45+5-penalti) — Muhammad Butiy (67)

Kiritildi: 00:55 14.04.2025. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!