Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayev top-ligalardan biriga yo‘l olishi mumkin

A A A
Abbosbek Fayzullayev top-ligalardan biriga yo‘l olishi mumkin

Moskvaning “SSKA” klubi hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev yozgi transfer oynasida Rossiya Premyer Ligasini tark etishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga Ispaniya klublari tomonidan qiziqish bildirilyapti. Shuningdek, Fransiya jamoalari ham hali-hanuz Fayzullayevning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borayotgani aytilmoqda.

Avvalroq Abbosbekning “Benfika”ga transferi amalga oshmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, o‘zbekistonlik vingerga Turkiyaning “Galatasaroy” va Germaniyaning “Bavariya” klublaridan taklif bo‘lganligi aytilgan edi.

Joriy mavsumda Fayzullayev RPL va Rossiya Kubogi doirasida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 20:12 13.04.2025. O'qildi: 8539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!