Finlyandiyaning milliy aviakompaniyasi Finnair resurslar tanqisligi sababli yozgi mavsumda 230 ta parvozni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda kompaniyaning aloqa bo‘limi rahbari Paivi Tallivist xabar berdi.
Bekor qilingan reyslar taxminan 28 ming yo‘lovchiga ta’sir qiladi. Tallivistning so‘zlariga ko‘ra, barcha yo‘lovchilarga parvozlarning bekor qilingani haqida xabar berilgan va ularga alternativ variantlar taklif etilgan.
Kompaniya bunday qarorni uchuvchilar bilan olib borilayotgan muzokaralar, xususan xodimlarni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan jarayonlar bilan izohlamoqda. Muzokaralar ko‘plab tashkiliy masalalarni o‘z ichiga oladi.
Parvozlar iyun boshidan 11 avgustgacha bo‘lgan davrda bekor qilinadi.