Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Ukrainaning F-16 qiruvchi samolyotini yo‘q qilganini e’lon qildi

Rossiya Ukrainaning F-16 qiruvchi samolyotini yo‘q qilganini e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi 13 aprel kuni bergan bayonotiga ko‘ra, Ukraina samolyoti Rossiya havo mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Shuningdek, bayonotda JDAM turidagi sakkizta boshqariladigan aviabomba, HIMARS tizimining yettita snaryadi hamda 207 ta dron urib tushirilgani qayd etilgan.

Bundan bir kun avval Ukraina Qurolli Kuchlari F-16 uchuvchisi Pavel Ivanov jangovar topshiriqni bajarayotgan paytda halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Qiruvchi samolyot bilan nima sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ivanovga vafotidan so‘ng Ukraina Qahramoni unvonini berdi.

Kiritildi: 20:21 13.04.2025. O'qildi: 4043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!