Andijon shahrida 52 ta radar kamerasiga miltiqdan o‘q otgan erkakka jinoiy ish ochildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
1976 yilda tug‘ilgan erkak Andijon shahri hududidagi 29 ta chorrahaga o‘rnatilgan “TELECOM SOFT” MCHJga tegishli bo‘lgan 51 dona foto va video qayd qilish dasturiy-texnik vositalari va 1 dona “HIKVISION” rusumli radar kompleksiga, o‘ziga tegishli bo‘lgan “SRKET” rusumli pnevmatik miltiqdan o‘q otish orqali qasddan shikast yetkazib, jami 1 mlrd 147 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.