Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kaliforniya gubernatori favqulodda holat e’lon qildi

Kaliforniya gubernatori favqulodda holat e’lon qildi

AQShning Kaliforniya shtatida 7,0 magnitudali zilziladan keyin favqulodda holat e’lon qilindi.

Bu haqda shtat gubernatori Gevin Nyus ma’lum qildi.

"Bugun ertalabki 7,0 magnitudali zilzila uchun favqulodda choralar ko‘rish uchun zarur bo‘lgan joylarga ko‘proq resurslarni sarflashga ruxsat berish uchun men hozirgina favqulodda holatni tasdiqladim”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.

Nyus, shuningdek, uning jamoasi shtat aholisi xavfsizligini ta’minlash uchun tezkor ish olib borayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Kaliforniyada 7,0 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan, shundan so‘ng AQShning g‘arbiy sohillari uchun sunami haqida ogohlantirish e’lon qilingan, o‘sha kuni kechroq bu bekor qilingan edi.

Kiritildi: 10:04 06.12.2024. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!