Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilandi

Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilandi

“Kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3662-son, 11.08.2025 y.).

🔰 Nizomga ko‘ra, kafolatlar berish tashkiloti moliyaviy mablag‘lar va kafolatlar o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash hamda muammolarni dastlabki bosqichda aniqlash maqsadida kredit tashkilotlari va kafolat portfeli kesimida kamida har oyda tahlil o‘tkazishi kerak.

🏛 Tashkilotning tavakkalchiliklarni boshqarish tuzilmasi quyidagilardan tashkil topishi lozim:

▪️ kuzatuv kengashi;
▪️ ijro etuvchi organ;
▪️ tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha tegishli tarkibiy bo‘linma;
▪️ tavakkalchiliklarni boshqarishga mas’ul bo‘lgan boshqa bo‘linmalar.

✅ Tashkilot aktivlarni sifatiga ko‘ra tasniflaydi va ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar yaratadi.

📋 Tashkilot kapitalining yetarlilik koeffisiyenti uning jami xususiy kapitalining jami aktivlariga nisbati orqali hisoblanadi va ushbu koeffisiyent 10 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.

Kiritildi: 18:19 12.08.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!