Kabo-Verdeda
BBC’ning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib xabar berishicha, MV Hondius kruiz layneri kemiruvchilar tarqatadigan kam uchraydigan hantavirus sababli Kabo-Verdeda to‘xtab qoldi. Ushbu kasallikdan allaqachon uch kishi halok bo‘lgan.
Kema Argentinadan Kabo-Verdega (Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan 600 km uzoqlikdagi orollar) sayohat qilayotgan edi. Kruiz 20 mart kuni boshlangan va bugun yakuniga yetishi kerak edi. Kema kamida bir sutkadan beri Kabo-Verde poytaxti Praya shahri porti yaqinida langar tashlab turibdi, yo‘lovchilarning qirg‘oqqa chiqishiga ruxsat berilmagan. Kemada bitta kasallanish holati laboratoriyada tasdiqlangan, yana besh kishi gumon ostida. Bortda jami 150 nafar yo‘lovchi bor.
Epidemiologning aytishicha, bemorlarning omon qolish imkoniyatini oshirish uchun ularni shifoxonaga yetkazish o‘ta muhim. Birinchi bo‘lib 70 yoshli Niderlandiya fuqarosi kasallanib vafot etdi. Keyinroq uning 69 yoshli rafiqasi o‘zini yomon his qildi. U Niderlandiyaga uchib ketmoqchi edi, biroq Yoxannesburg shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi. Vafot etgan uchinchi kishi ham Niderlandiya fuqarosi edi. Uning jasadi hali ham kema bortida qolmoqda.