O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24 may 2018 yil qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z faoliyatini boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti 2018-2019 o‘quv yili uchun bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul e’lon qiladi.
Universitetga umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to‘g‘risida shahodatnoma (attestat) yoki akademik lisey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo‘lgan fuqarolar tanlov asosida qabul qilinadi.
Qabul kvotalari quyidagicha:
Bakalavr
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
(umumiy 100 nafar talaba)
“Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar” fakulteti:
(umumiy 45 nafar talaba:)
«Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar» fakulteti:
(umumiy 55 nafar talaba:)
Magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha:
(umumiy 30 nafar magistr)
“Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar”fakulteti:
«Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar» fakulteti:
Ma’lumot uchun yuqorida nomi keltirilgan siyosiy-huquqiy jurnalistika, mediamenejment, internet jurnalistika kabi yangi mutaxassisliklar shu kunga qadar O‘zbekistonning hech bir jurnalistika fakultetida mavjud bo‘lmagan, mutloq yangi va zamon talabidagi mutaxassisliklar deya e’tirof etilmoqda.
Qabul jarayoni boshqa OTMlardagi kabi 15-iyundan 15–iyulga qadar davom etadi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetiga 2018 – 2019 o‘quv yili uchun qabul: Inha universiteti binosida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, “Ziyolilar” ko‘chasi, 9 –uy.