Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Anora Sodiqova da’voci yuzasidan birinchi instanciya sudi chiqargan qarorni bekor qildi. Bu haqda inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov xabar bermoqda, deb yozadi kun.uz.
O‘z postlarida jurnalist Anora Sodiqovaga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan “Mufasa” nomi bilan faoliyat olib borayotgan bloger 25 million so‘m ma’naviy zarar va 5 million so‘m boshqa zararlarni qoplaydigan bo‘ldi. Shundan tashqari, u jurnalistdan uzr so‘rab, postlarini o‘chirishi kerak bo‘ladi.
28-may kuni FIB Shayxontohur tumanlararo sudi Anora Sodiqovaning da’vosini rad etgan edi.