Toshkentda aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar natijasida oziq-ovqat mahsulotlari narxining fuqarolar uchun sezilarli darajada o‘zgarishiga erishildi. Bugundan boshlab poytaxtning barcha aholisi va mehmonlari go‘sht va go‘sht mahsulotlari misolida bunga shaxsan amin bo‘lishlari mumkin.
Toshkent shahri bozorlarida go‘sht mahsulotlari savdo shoxobchalari ko‘paytirildi va kengaytirildi, bu esa xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratdi. Ta’kidlash joizki, narxlar barqarorlashtirildi. Bu yo‘nalishdagi ishlar tinimsiz davom ettirilmoqda.
Poytaxtning beshta yirik bozorida go‘sht narxi allaqachon pasaygan:
• Chorsu
• Yunusobod
• Farhod
• Aviasozlar
• Qo‘yliq
Batafsil ma’lumotlar hokimlikning keyingi xabarlarida beriladi.