🩺 Qizamiq, ko‘kyo‘tal, difteriya, qoqshol... Bular — emlash orqali oldini olsa bo‘ladigan kasalliklar. Hatto yaqin yillargacha ushbu patologiyalarga jiddiy xavf omili sifatida qaralmay ham qo‘ygandi.
🔎 Biroq keyingi paytlarda ana shu xastaliklar dunyo bo‘ylab yana keng tarqala boshladi. Ayniqsa, Yevropa va Markaziy Osiyoda bu borada epidemiologik vaziyat barqaror emas. Millionlab odamlar hayoti xavf ostida.
📋 JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge va YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Regina De Dominichis tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda shu haqda so‘z boradi.
📈 Qayd etilishicha, o‘tgan yili Yevropa mintaqasida qizamiq bilan kasallanganlar soni 127 ming nafardan oshgan. Bu — so‘nggi 27 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
📊 Ko‘kyo‘talga chalinganlar soni esa 2023 yilda 87 ming nafarga yetib, oxirgi 29 yildagi rekord darajadagi o‘sish tendensiyasi kuzatilgan.
💉 Bu — mintaqada bolalarni muntazam emlash qamrovi turg‘un qolayotgani, ayrim mamlakatlarda esa sezilarli darajada kamayayotgani oqibatidir. Ya’ni har yili yarim milliondan ortiq bolalar vaksina olishdan chetda qolmoqda.
📌 Agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, kelgusida mintaqada epidemiologik vaziyat keskinlashishi mumkin.
‼️ Shundan kelib chiqib, JSST va YUNICEF barcha mamlakatlarni bu yo‘nalishda shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.