Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

JSST: Dunyoda bezgakdan o‘lim holatlari ortmoqda

JSST: Dunyoda bezgakdan o‘lim holatlari ortmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘yicha bezgakka chalinganlar soni 282 million nafarni tashkil etgan. Bu – 2023 yilga nisbatan 9 million nafar yuqori ko‘rsatkich.

📈 Shuningdek, bemorlardan 610 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan. Eskspertlar o‘lim holatlari undan avvalgi yilga qiyoslaganda 12 mingta oshganidan jiddiy xavotirda.

📍 Asosiy epidemiya o‘choqlari Afrika qit’asining 11 mamlakatida qayd etilgan. Kasallikdan vafot etganlarning taxminan uchdan ikki qismi ham shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi.

🩺 Vaholanki, zamonaviy tibbiyotda bezgakka qarshi kurashish vositalari mavjud. Bu boradagi profilaktika, diagnostika va davolash usullari samaradorligi ham yuqori. Qolaversa, so‘nggi yillarda bezgakka qarshi ikkita vaksina yaratildi. Emlash orqali har yili o‘n minglab bolalarning hayotini saqlab qolish mumkin.

💵 JSST vakillari muammo ko‘lami ortishini bezgakka qarshi kurashish uchun xalqaro miqyosda yetarli darajada mablag‘ ajratilmayotgani bilan izohlamoqda.

‼️ Shundan kelib chiqib, tashkilot tegishli davlatlarni bu borada tezkor choralar ko‘rish, xususan, vaksinasiya dasturlarini faol qo‘llashga chaqirdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Kiritildi: 19:04 06.12.2025. O'qildi: 140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!