"Real" Ispaniya chempionati doirasida safarda "Osasuna"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berganidan so‘ng, Alvaro Arbeloa yana bosim ostida qoldi. Madrid klubi yozda yana bir bor bosh murabbiyni almashtirishi ehtimoldan xoli emas.
"AS" nashrining xabar berishicha, "Real" murabbiylar bozorini kuzatib bormoqda, biroq Joze Mourinyo nomzodini ko‘rib chiqmayapti. Portugaliyalik mutaxassisning Madrid klubini boshqarish imkoniyati yo‘q.
Joze Mourinyo 2010–2013 yillarda "Real"ni boshqargan. O‘sha davrda jamoa uchta sovrin — La Liga chempionligi, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri Mourinyo Lissabonning "Benfika" klubini boshqarib kelmoqda.