"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Mourinyo yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan keyin Portugaliya terma jamoasiga ustozlik qilishi mumkin. Murabbiy bu ishni anchadan beri orzu qilardi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hisoblanadi. U 2023 yildan buyon terma jamoani boshqarib kelmoqda.