WSJ: BAA vakili “josus shayx” Tahnun bin Zoid Trampga aloqador World Liberty Financial kriptokompaniyasiga 500 mln dollar sarmoya kiritgan. Bitim Tramp lavozimga kirishishidan 4 kun oldin imzolangan.
Shundan bir necha hafta o‘tib, Tramp BAAga ilg‘or AI chiplarini sotishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu cheklovlar Bayden davrida Xitoy xavfi sabab joriy etilgan edi.
WSJ’ga ko‘ra, ushbu kelishuv AQSh siyosatida misli ko‘rilmagan holat, chunki xorijiy amaldor prezidentga tegishli kompaniyaning 49% ulushini olgan.