Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda tabiiy gaz "o‘g‘rilari" qo‘lga tushdi

Jizzaxda tabiiy gaz "o‘g‘rilari" qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘allaorol tumani joylashgan Ftiziatriya dispanserida mavjud elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 535 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:48 09.07.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!