Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda ota 125 mln aliment to‘ladi

Jizzaxda ota 125 mln aliment to‘ladi

Shu tariqa uning xorijga chiqishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilingan.

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida ota chet elga chiqish uchun 125 mln so‘m aliment oldindan to‘ladi. Bu haqida MIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasiga asosan qarzdor A.X. dan undiruvchi S.X. foydasiga voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

Qarzdor kelgusida chet elga chiqish istagi borligini, biroq bunga taqiq qo‘yilganligi yuzasidan davlat ijrochisiga murojaat qilgan.

Byuroning Zarbdor tumani bo‘limi xodimlarining olib borilgan huquqiy tushuntirishlari natijasida ota o‘z farzandi uchun oldindan 125 mln so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab berdi.

Kiritildi: 19:26 25.09.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!