Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko: "Zelenskiy to‘xtamasa, butun Ukrainani yo‘qotadi"

Lukashenko: "Zelenskiy to‘xtamasa, butun Ukrainani yo‘qotadi"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishni xohlashini aytdi.

Bu haqda Lukashenko "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Men u bilan gaplashishni istardim. Menimcha, maslahatlashuvga kirishish vaqti keldi. Rossiya armiyasi barcha jabhalardagi yirik aholi punktlarini nazoratga oldi va ularni u yerdan to‘xtatish qiyin bo‘ladi", - dedi Lukashenko.

Lukashenkoning fikricha, Zelenskiy “to‘xtamasa, butun Ukrainani yo‘qotadi”.

“Ukraina mojarosi bo‘yicha yaxshi takliflar bor, ularni boshqalar qatori AQSh prezidenti Donald Tramp eshitgan”, — dedi Lukashenko.

Kiritildi: 06:43 27.09.2025. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!