Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Zelenskiyga va’da bermadi

Tramp Zelenskiyga va’da bermadi

Yaqinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp Kiyevning Amerikaning uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarini qo‘llashiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinishini istisno qilmasligini, biroq qat’iy majburiyatlarni olishdan to‘xtaganini ma’lum qildi.

Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

"Prezident Tramp Ukraina prezidenti Zelenskiyga Ukrainaning Rossiyaning xalqaro miqyosda tan olingan qismiga nisbatan Amerika uzoq masofali qurollarini qo‘llashiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi. Biroq u buni amalga oshirishga va’da bermadi", — deyiladi maqolada.

Mualliflarga ko‘ra, Zelenskiy Trampdan uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarni ko‘proq taqdim etishni va ulardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni so‘ragan.

"Tramp bu g‘oyaga qarshi emasligini aytdi. Biroq ikkala manba ham gazetaga AQSh prezidenti hech qanday va’da bermaganini aytdi", deb ta’kidlaydi gazeta.

The Wall Street Journal (WSJ) gazetasining tushuntirishicha, Pentagon kotibi Pit Xegset va uning o‘rinbosari Elbrij Kolbi Ukrainaning AQShda ishlab chiqarilgan qurollardan foydalanishiga cheklovlar ustida ishlamoqda. Shu bahordan boshlab ular, jumladan, Kiyevning ATACMS raketalaridan foydalanishini cheklab qo‘yishdi.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 1246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!