Ikki yoshli bola Gavrdagi kvartirasida katta kalamush hujumidan so‘ng jiddiy jarohat oldi. Bu voqea bino aholisining noroziligiga sabab bo‘ldi, ular ko‘p yillar davomida antisanitariya va kemiruvchilar ko‘pligidan shikoyat qilib keladi.
Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, Ismoil ismli bola o‘z to‘shagida qon va kalamush axlatiga belangan holda topilgan. Bolaning qulog‘i og‘ir shikastlangan, kemiruvchi qisman chaynagan, shuningdek, yuzi va qo‘li yaralangan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, kichkintoy shunchalik qo‘rqib ketganki, hujum paytida u qichqirmagan.
"Eng ashaddiy dushmanim o‘z farzandini men o‘zimnikidek holatda topishini istamasdim" - dedi jabrlanuvchining onasi.
Kasalxonaga yotqizilganidan keyin qo‘lidagi og‘ir infeksiya tufayli Ismoilning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Shifokorlar teri transplantasiyasi yoki quloqni qayta tiklash haqida o‘ylashmoqda.
Voqea sodir bo‘lgan bino aholisi kalamush muammosi yuzasidan bir necha bor shikoyat qilgani, ammo boshqaruv kompaniyasi samarali chora ko‘rmaganini aytishmoqda.