Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Eron terma jamoasiga viza berishdan bosh tortdi

AQSh Eron terma jamoasiga viza berishdan bosh tortdi

Eron polo terma jamoasi 2025 yilgi jahon chempionati final bosqichida AQSh ularga viza bermagani uchun ishtirok eta olmadi.

Bu haqda Islom Respublikasi Polo federasiyasi rahbari Muhammad Nazeriy ma’lum qildi.

"Afsuski, milliy terma jamoada vizalar yo‘qligi sababli, AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga terma jamoani yuborishning iloji bo‘lmayapti", — dedi u.

2025 yilgi polo bo‘yicha jahon chempionati Virjiniya shtatida bo‘lib o‘tadi. Mezbon davlat AQShdan tashqari Fransiya, Argentina, Janubiy Amerika, Markaziy Osiyo va Afrika termalari ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 11:30 27.09.2025. O'qildi: 1252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!