"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning o‘ng qanot himoyasidagi muammolari haqida gapirdi.
So‘nggi o‘yinlarda o‘ng qanot himoyachisi vazifasini hozirda jarohat olgan Abduqodir Husanov bajarib kelayotgandi. Jurnalistlar ispaniyalik murabbiydan klubga ushbu pozisiya uchun yangi o‘yinchi kerakmi, deb so‘rashdi.
"Hozircha bilmayman. Bu pozisiyada o‘ynagan Husanovdan mamnunman. Bundan tashqari, u yerda Mateus Nunyes, Riko Lyuis, hatto Jon Stouns ham harakat qilishi mumkin. Shu ma’noda hammasi yaxshi, ammo klub yangi futbolchi qidiryaptimi yoki yo‘qmi, hozircha bilmayman," - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Report.
Shanba kuni "shaharliklar" o‘z maydonida "Byornli"ga qarshi bahs olib boradi.