Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Oltin to‘p» sohibi O‘zbekiston taklifini rad etdi

«Oltin to‘p» sohibi O‘zbekiston taklifini rad etdi

«Oltin to‘p-2006» sovrindori Fabio Kannavaro, «Sport-Ekspress» ma’lumotlariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ikki milliy jamoa — Qozog‘iston va O‘zbekistondan tushgan takliflarni rad etdi.

Manbaning aytishicha, 52 yoshli mutaxassis bu takliflarni muloyimlik bilan rad etgan, chunki u vatanga qaytib, mavsum davomida imkoniyat tug‘ilsa, A Seriyasi klublaridan birini boshqarishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston OAVlarida mashhur murabbiy bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida xabar berilgandi. Biroq Kannavaro Italiyada ishlash imkoniyatiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

Murabbiylik faoliyati davomida Kannavaro «Al-Ahli», «Guanchjou Evergrand», «An-Nasr», «Tyanszin Syuanszyan», Xitoy milliy terma jamoasi, shuningdek Yevropada «Benevento», «Udineze» va Zagrebning «Dinamo» klublarida ishlashga ulgurgan.

Kiritildi: 11:39 27.09.2025. O'qildi: 1331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!