Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasiga sud qarorlari asosida banklar foydasiga kredit qarzdorliklari undiruvini garov mulki hisoblangan "Malibu 2", "Jetour", "Tracker 2" va "Nexia 3" avtomobillarga qaratish bo‘yicha ijro varaqalari kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlar qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortib, o‘z avtomobillarini yashirib kelgan. Shu sababli, avtomobillarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va ularga garov mulkini taqdim etmaganliklari uchun ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Boshqarma Surishtiruv va ma’muriy amaliyot sho‘’baasi xodimlari qarzdorlarga Jinoyat kodeksining 233-moddasiga (Garovga qo‘yilgan mulkni qonunga xilof ravishda yashirish) asosan jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligini tushuntirishdi. Ushbu tushuntirishlar natijasida qarzdorlar o‘zlarining avtomobillarini taqdim etishdi va avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Endilikda ushbu avtomobillar elektron onlayn savdolarida sotilib, tushgan mablag‘dan qarzdorliklar qoplanadi.