Bosh prokuratura shtabi tomonidan Jizzax viloyatining SH. Rashidov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro A. SH. ga qarashli noturar binoning elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu kabi holat G‘allaorol tumanida joylashgan “Z. Q.” MCHJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasida ham elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga jami 318 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.