Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda ayollarni chet elga foshihalikka yuboradigan 22 yoshli yigit aniqlandi

Jizzaxda ayollarni chet elga foshihalikka yuboradigan 22 yoshli yigit aniqlandi

Jizzax shahrida 22 yoshli yigitning odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlari fosh qilindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Jizzax shahri Xalqobod mahallasida yashovchi X.B. Malayziya, BAA va Tailandga muntazam borib, tungi klub va fohishaxonalarga o‘zbekistonlik ayollarni jo‘natish bilan shug‘ullangan.

U Instagram ijtimoiy tarmog‘ida profil ochib, Farg‘ona, Samarqand, Suxondaryo, Buxoro va Jizzax viloyatida yashovchi xotin-qizlarni Toshkent shahrida yashovchi sherigi orqali chet elga jo‘natgan. Ayollar xorijga borgach, X.B. ularning har biridan 8 ming dollar talab qilgan. Bunga rozi bo‘lmaganlarni mahalliy jinoyatchilarga topshirib yuborish bilan tahdid qilgan.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchilar chet tilini bilmaganliklari, xorij qonunlaridan bexabarliklari hamda qaytish uchun pullari yo‘qligi sabab uning shartlariga ko‘nishgan.

Hozirda ayblanuvchining 20 nafar xotin-qizdan shahvoniy maqsadlarda foydalanganligi aniqlangan. Xususan, Tailandga sotilgan 12 nafar fuqaroning shaxsi aniqlanib, 9 nafar jabrlanuvchidan arizalar olingan.  

Holat bo‘yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Kiritildi: 16:17 06.10.2020. O'qildi: 2880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!