Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda erkak o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

Toshkentda erkak o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

Toshkentda bank xizmatlari markaziga uyushtirilgan bosqinchilik harakati yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 18 aprel kuni soat 16:30 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Yunusobod tumani Moyqo‘rg‘on ko‘chasi, 39-uyda joylashgan «Turkiston» bank xizmatlari markaziga noma’lum shaxs tomonidan hujum uyushtirilgan.

Ushbu shaxs qora niqob kiygan holda dastasi qora izolyasion lenta bilan o‘ralgan soxta quroldan foydalanib, bosqinchilik harakatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Biroq bank xodimlari tomonidan yuborilgan favqulodda qo‘ng‘iroq asosida zudlik bilan hodisa joyiga IIV Qo‘riqlash xizmati xodimlari yetib kelib, bosqinchilik harakatini bartaraf etgan va gumondor shaxsni qo‘lga olgan.

Hodisa oqibatida yuqoridagi shaxs tomonidan bank xizmatlari markazi binosining kirish eshigi oynasiga shikast yetkazilgan. «Bank xodimlari va mijozlariga hamda BXM kassasida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lariga hech qanday ziyon yetkazilmagan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda

Kiritildi: Bugun 07:36. O'qildi: 1064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!